OKMK ilk g'alabasini qo'lga kiritadi, Samarqanddagi o'yinda imkoniyatlar teng - Ekspert fikri

Iskandarov Abdulaziz
12 mar 2026
Superliganing 3-turi finishidamiz.

Toshkentda OKMK - "So'g'diyona", Samarqanddagi "Dinamo" - "Nasaf" uchrashuvi bilan turga yakun yasab beriladi. Birinchi to'qnashuvda joriy mavsumda g'alaba nimaligini bilmagan jamoalar uchrashsa, ikkinchisida o'ziga hos murabbiylar dueliga guvoh bo'lamiz. Bu o'yinlar oldidan saytimizning 3-tur eksperti Artyom Filiposyanning fikrlarini e'tiboringizga havola qilamiz.

12 mar 2026, 19:30
OKMK — Sogdiana
2 – 2
Tugadi

- OKMK – "So'g'diyona" uchrashuviga kelsak, har ikki jamoa ham chempionatning dastlabki ikki turida mag'lubiyatga uchradi. Shu bois bu bahs ular uchun juda muhim ahamiyatga ega. OKMK favorit sifatida ko'rinmoqda va olmaliqliklar ushbu o'yinda g'alaba qozonishi mumkin.

12 mar 2026, 20:00
Dinamo Samarqand — Nasaf
1 – 1
Tugadi

- "Dinamo" – "Nasaf" to'qnashuvi esa muxlislar uchun qiziqarli va kurashlarga boy o'yin bo'lishi kutilmoqda. Samarqandliklar avvalgi turda safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etib qaytishdi. "Nasaf" ham o'z navbatida turni g'alaba bilan boshladi. Har ikki jamoaga omad tilaymiz. "Nasaf" ham, "Dinamo" ham men uchun qadrli klublar - chunki men bu jamoalarda to'p tepganman. Shu bois bu bahsda kim kuchli bo'lsa, o'sha jamoa g'alaba qozongani maqul. Umuman olganda, bu o'yinda jamoalarning imkoniyatini 50/50 deb baholash mumkin.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia