Superliga. "Xorazm" o'z uyida "Dinamo" ustidan g'alaba qozondi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2026
Superliga 5-turidan o'rin olgan bahs tarkiblari ma'lum qilindi.

Superliga

5-tur

"Xorazm" – "Dinamo" 2:1

Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 18:00

Gol: Azizbek Pirmuhammadov (Rafael Sabino) 44’, Ravshanbek Yagudin avtogol 75’ – Til Mavretich (Anvar Hojimirzaev) 72’

Bosh hakam: Asker Najafaliev

Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Feruzbek Hidoyatov

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova

Nazoratchi: Timur Galeev

Komissar: Diyor Xotamqulov

"Xorazm": 33.Nikola Stoshich, 5.Abbos Otaxonov, 8.Nodirbek Abduxoliqov (15.Diyorbek Ortiqboev, 74), 10.Yanis Leri (97.Bubakar Traore, 74), 13.Elzio Lohan (11.Danila Ejov, 90+5), 22.Sunnatulloh Hamidjonov, 25.Matiya Rom, 55.Azizbek Pirmuhammadov, 79.Azizjon Axrorov (17.Daniil Nugmanov, 90+3), 94.Rustam Abduhamidov (7.Temurbek Ismoilov, 74), 96.Rafael Sabino.

Zaxira: 1.Mashhur Muhammadjonov, 3.Ravshanbek Sultonov, 6.Shohjahon Sultonmurodov, 88.Abror Xo'sinov.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Nurillo To'xtasinov (97.Til Mavretich, 56), 5.Mahamadu Dembele, 6.Jahongir O'rozov, 8.Azizbek Amonov, 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Rasul Yo'ldoshev (44.Kingsli Sarfo, 56), 20.Jaloliddin Jumaboev (99.Ulug'bek Hoshimov, 84), 21.Jahongir Abdusalomov, 22.Ulug'bek Abdullaev (7.Sanjar Qodirqulov, 64), 37.Firdavs Abdurahmonov (11.Xislat Xalilov, 56).

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 16.Dramane Salou, 19.Mauro Brazil, 31.Salvador Sanches.

Ogohlantirishlar: Ulug'bek Abdullaev (35), Azizjon Axrorov (37), Jaloliddin Jumaboev (47), Elzio Lohan (85), Nikola Stoshich (90+4).

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. “Xorazm”da o'zgarish: Lohan o'rniga Ejov bahsni tugatib qo'yadi.

90+5. Uuux! Qanday vaziyat! Lohanning pasidan keyin Ismoilov erlatib zarba berdi, Yagudin jamoasini qutqardi.

90+3 . “Xorazm”da almashtirish: Axrorov o'rniga Nugmanov madyonga tushdi.

90+3. Zarbaaaa! O'rozovning erlatib bergan zarbasiga sal aniqlik yetishmadi.

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi.

89. Zarba! Qodirqulovning uzoqdan bergan zarbasi noaniq ketdi.

87. Uuux! Lohanning Traore tomon uzatmasini so'nggi pallada Qodirqulov yo'qqa chiqardi, u jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

85. Lohan Sarfoga nisbatan juda qo'pol o'ynadi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 🟨

84. “Dinamo”da o'zgarish: Jumaboev o'rniga Hoshimov tushirildi.

79. Amonovning pasidan keyin Abdusalomov to'pni qabul qilib, jarima maydonchasi ichida yiqildi, ammo hakam o'yin qoidasi buzilmagani va bahsni davom ettirish lozimligini bildirdi. ❗️

75. GOL! Axrorovning pasidan keyin Ortiqboev kuchli zarbasi orqali hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi. Gol Yagudinga avtogol sifatida yoziladi, sababi to'p ham to'singa, ham unga tegib to'rdan joy oldi - 2:1! ⚽️

74. “Xorazm”da 3 ta almashtirish: Ismoilov, Traore va Ortiqboev bahsga qo'shildi.

72. GOL! Hojimirzaevning pasidan keyin Mavretich to'pni to'xtatmasdan zarba yo'lladi va darvozaga shunchaki “mixlab qo'ydi” - 1:1! ⚽️

67. Zarbaaa! Amonovning olisdan erlatib yo'llagan zarbasi sal noaniq ketdi.

66. Vadim Abramov mag'lubiyatdan qutulish uchun barcha say-harakatlarni ishga solmoqda.

64. “Dinamo”da navbatdagi almashtirish: Abdullaev o'rniga Qodirqulov bahsni davom ettiradi.

61. Abduhamidovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Yagudin to'pni urib yubordi.

58. Hojimirzaevning uzatmasidan keyin Amonov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi, ofsayd.

56. “Dinamo”da 3 ta o'zgarish: Abdurahmoov o'rniga Xalilov, Yo'ldoshev o'rniga Sarfo, To'xtasinov o'rniga Mavretich tushdi

54. Endi Dembele Lohan bilan to'qnashuvda ishtirok etdi. “Xorazm” vakiliga tibbiy yordam berilmoqda. 👨‍⚕️

51. Axrorov maydon markazida To'xtasinov bilan jiddiy to'qnashib ketdi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 👨‍⚕️

47. Jumaboev Abduhamidovga nisbatan qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi. 🟨

46. Ikkinchi taym boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 1:0. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

44. GOL! Sabinoning pasidan so'ng qanotdan oldinga borgan Pirmuhammadov olis masofadan darvozaga zarba berdi, ammo Yagudin qo'pol xatoga yo'l qo'yib, to'pni ushlay olmadi - 1:0! ⚽️

42. Zarbaaa! To'xtasinovning chap oyoqdagi zarbasi kuchli, ammo noaniq chiqdi. ☄️

39. Uuux! Nurillo To'xtasinovning jarima zarbasidan tepgan to'piga aniqlik yetishmadi.

35. Ulug'bek Abdullaev fol ishlatgani uchun sariq kartochka oldi. 🟨

33. Abduxoliqov Axrorovning pasidan keyin sal qolsa darvozabon bilan birga-bir holatga chiqib ketardi, so'nggi pallada O'rozov unga xalaqit qilishga urindi, natijada zarba kuchsiz va noaniq chiqib qoldi.

29. “Xorazm” yaxshi hujum tashkil qilayotgandi, biroq yakunda Yanis Leri to'pni raqib posboniga topshirib qo'ya qoldi.

26. Hamidjonov maydon markazida Abdusalomovga nisbatan qoidani buzdi.

24. Uuux! Axrorov yaqin masofadan noaniq zarba yo'lladi, Leri unga bitta pas bilan deyarli bo'sh darvoza tomon zarba berish imkonini taqdim etdi. Ammo yakunda ofsayd borligi aytildi.

23. Uuux! To'xtasinovning aqlli pasidan keyin Hojimirzaev chap oyoqda zarba berdi, Stoshich uni qaytardi.

19. To'xtasinovning uzun pasidan keyin Hojimirzaev shu uchrashuvning o'zida to'rtinchi marta ofsaydda qolmoqda. Bunaqasi kamdan kam bo'ladi.

16. Amonovning ichkariga oshirmoqchi bo'lgan to'pi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, burchak zarbasi. 🚩

12. Nurillo To'xtasinov to'pni raqibdan olib qo'yib oldinga o'tdi, biroq aynan uning o'zi to'pni oldirdi.

9. “Dinamo” tezkor qarshi hujumga o'tib ketdi, biroq yakuniy pallada Abdurahmonov himoyachini aldab o'tolmay qoldi, potencial yaxshi hujum yakun topdi.

7. Hamidjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Azizjon Axrorov to'pga ulgurmay qoldi.

5. Stoshich o'z vaqtida darvozadan chiqib kelib xavfni bartaraf etdi, aks holda samarqandliklar hujumchisi qulay imkoniyatga ega bo'lardi.

1. Uchrashuvga start berildi!

  • Uchrashuv 18:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia