

“Dinamo” jamoa yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov Qozog'iston chempionati klubiga ijaraga berilganini ma'lum qiladi.
“Dinamo”ning 23 yoshli yarim himoyachisi Qozog'iston Premer-ligasida 3-o'rinni egallab turgan “Oqjetpes” jamoasiga yarim mavsumga ijaraga berildi. Ijara kelishuviga binoan, “Dinamo” Bektemir Abdumannonovni yozgi transfer oynasida o'z safiga qaytarib olish huquqini saqlab qoldi.



