Banega, Santi Mina, Krixovyak va boshqalar. "Nasaf"ning bo'lajak raqibi "Al Shabab" safida qanday legionerlar bor?

Narzulla Saydullayev
13 fev 2023, 17:55
19 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida O'zbekistonning "Nasaf" klubi Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubiga qarshi o'ynaydi.

"Al Shabab" safida bu mavsum Saudiya Arabistoni ligasida 8 nafar legioner futbolchi maydonga tushdi.

OCHLda ayni paytda klublar umumiy zayavkaga xohlagancha legionerni kiritishi mumkin, faqatgina o'yinda 3+1 kvotasidan foydalanishga majbur bo'lishadi. Yani "Al Shabab" 8 nafar legionerni ro'yxatga kiritishi mumkin, faqat "Nasaf" bilan bahsda ulardan 4 nafari maydonga tushish huquqi ega xolos. Shu 4 legionerning biri albatta osiyolik bo'lishi shart. Bundan kelib chiqadiki koreyalik posbon Kim Seng Gyu "Nasaf"ga qarshi o'ynashi aniq. Yana 3ta joyga ispaniyalik bosh murabbiy Visente Moreno qolgan 7 legioner orasidan tanlaydi.




Quyida "Shabab"dagi legionerlarning bu mavsum Saudiya Arabistoni ligasidagi statistikasini taqdim etamiz:

Darvozabon
Kim Seng Gyu (Janubiy Koreya) - 17ta o'yin, -14ta gol o'tkazdi, 8ta "quruq" o'yin

Himoyachi
Iago Santos (Braziliya) - 16ta o'yin, 1ta gol

Yarim himoyachilar
Ever Banega (Argentina) - 13ta o'yin, 1ta gol, 2ta pas
Kristian Guanka (Argentina) - 17ta o'yin, 7ta gol, 3ta pas
Gjegoj Krixovyak (Polsha) - 17ta o'yin, 2ta gol, 1ta pas

Hujumchilar
Santi Mina (Ispaniya) - 16ta o'yin, 5ta gol, 3ta pas
Karlos (Braziliya) - 15ta o'yin, 9ta gol, 2ta pas
Aaron Boupenzda (Gabon) - 7ta o'yin, 3ta gol, 3ta pas





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia