N'Zonzi "Konyaspor" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023, 11:28
Fransiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

34 yoshli futbolchining yangi jamoasi "Konyaspor" bo'ldi. U yangi klubi bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Yarim himoyachi oldingi ikki mavsum Qatarning "Al Rayyan" jamoasida harakat qilgandi. 

N'Zonzi Fransiya terma jamoasi uchun 2017 yildan 2020 yilgacha 20 ta o'yin o'tkazgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CNN Türk