"Nyukasl" "Tottenxem" futbolchisini xarid qilmoqchi

Alisher
27 apr 2022, 13:10
"Tottenxem" yarim himoyachisi Per-Emil Xeybergga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.

Klub o'yinchi uchun 36 million evro atrofida sarflashga tayyor.

Xeyberg "Tottenxem"ga 2020 yilda "Sautgempton"dan 16,6 mln evro evaziga o'tgandi.

26 yoshli daniyalik joriy mavsum "shporlar" safida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 4ta assist qayd etdi. Uning shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Mirror