"Nyukasl" 85+5 mln evro evaziga hujumchi xarid qildi?!

Alisher Ostonov
30 avg 2025, 17:52
Nik Voltamade "Shtutgart"dan "Nyukasl"ga o'tdi.

Ingliz klubi 23 yoshli hujumchining transferini tasdiqladi va bu jamoa uchun rekord xarid ekanini ta'kidladi.

Nik Voltamade "Nyukasl" bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Avvalroq, "qarg'alar" germaniyalik futbolchi uchun 85 million evro va 5 million evro bonuslar to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Voltamade o'tgan mavsum Bundesliganing 28 o'yinida 12 gol va 2 golli uzatmaga mualliflik qilgan.




Alisher OstonovMuallif
Manba: newcastleunited.com