"Chelsi" MYUning transfer maqsadini "tortib" olishi mumkin

"Chelsi" "Shtutgart" yarim himoyachisi Angelo Shtillerni kuzatib turibdi.

Germaniya milliy jamoasi o'yinchisi London klubiga Bundesliga 16-turida "Bayer"ni 4:1 hisobida enggan o'yinda yaxshi taassurot qoldirgan. Bu haqda Bild xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Shtutgart" 25 yoshli o'yinchining transferini taxminan 50 million evro deb baholamoqda. O'tgan yozda "Manchester Yunayted" transfer oynasining oxirgi kunlarida Shtillerni imzolash uchun murojaat qilgan edi. Agar o'yinchi APLga o'tsa, uning maoshi kamida ikki baravar oshishi mumkin. Hozirda uning yillik maoshi 4,5 million evro.

Joriy mavsumda Shtiller barcha turnirlarda 44 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi. O'yinchi bilan shartnoma 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 45 million evro.


Manba: Bild