"Nyukasl" 20 million funt evaziga Kallum Uilsonni xarid qildi

Alisher
7 sen 2020
"Nyukasl" o'z tarkibini "Bornmut" hujumchisi Kallum Uilson bilan to'ldirib oldi.

28 yoshli angliyalik futbolchi "Nyukasl" bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Chempionshipga tushib ketgan klub 20 million funt olgani aytilmoqda. Uilson 2014 yildan buyon "Bornmut"da o'ynayotgan edi. Futbolchi klub safida umumiy 187ta o'yinda maydonga tushib, 67ta gol va 30ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: nufc.co.uk