APLda yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

Sherzod Nurmatov
7 fev 2025
"Bornmut" vingeri Jastin Klyuyvert Angliya chempionatida o'tgan oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

25 yoshli futbolchi 4 uchrashuvda 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Klyuyvert bu sovrinni birinchi marta qo'lga kiritdi.

Mukofot uchun kurashayotgan nomlar orasida Fil Foden ("Manchester Siti"), Kodi Gakpo ("Liverpul"), Din Xyoysen ("Bornmut"), Aleksander Isak ("Nyukasl"), Jan-Filipp Mateta ("Kristal Pelas") va Brayan Mbeumo ("Brentford") bor edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com