"Arsenal" himoyachisi kecha maydonni zambilda tark etdi

Tolibjon Qosimov
28 yanv 2020
Kecha Angliya kubogi 1/16 final doirasida "Arsenal" jamoasi "Bornmut" mehmoni bo'ldi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Londonliklarning germaniyalik himoyachisi Shkodran Mustafi ana shu uchrashuvda jarohat oldi.

58-daqiqada Mustafi "Arsenal" darvozaboni Damian Martines bilan to'qnashib ketdi va o'yinni davom ettira olmadi. To'qnashuvdan so'ng futbolchini maydondan zambilda olib chiqib kyetishdi. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta esa o'yindan keyin bu yaxshi yangilik emasligini aytib o'tdi.


Mustafi "Arsenal"ga 2016 yil "Valensiya"dan o'tgan. Joriy mavsum 27 yoshli himoyachi 12ta o'yin o'tkazgan.


Angliya Kubogi. 1/8 finalga qur'a tashlandi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: arsenal.com