Noyer Bundesligada yubiley o'yinda ishtirok etdi

Sherzod Nurmatov
13 may 2024
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Germaniya chempionatining 33-turidan o'rin olgan "Volfsburg"ga qarshi o'yinda jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Futbolchi Bundesligadagi 500-o'yinini o'tkazdi.

U turnirda bu muvaffaqiyatga erishgan 12-futbolchi va Oliver Kan, Ayke Immel va Ulrix Shtayndan keyin to'rtinchi darvozabonga aylandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: beIN SPORTS