Nigora Abidova OCHL-2021 bahsida ishlaydi

Alisher
14 sen 2021
13-14 sentyabr kunlari qitamizning klublar miqiyosidagi eng nufuzli musobaqasi - Osiyo Chempionlar ligasida 1/8 final uchrashuvlari o'tkaziladi.

Mazkur bosqichdan o'rin olgan Tojikistonning "Istiqlol" hamda Eronning "Persepolis" jamoalari o'rtasidagi o'yinda O'zPFL Matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Nigora Abidova tashkiliy va tijoriy jihatlariga mas'ul OFK delegaciyasi tarkibiga kiritildi. 

Hamyurtimiz musobaqa doirasidan o'rin olgan uchrashuvlar va boshqa masalalarning yaxshi saviyada tashkil etilishi, xususan, marketing, tijoriy tadbirlar OFK talablariga muvofiq o'tishi bo'yicha ish olib boradi. 

Ta'kidlab o'tamiz, OCHL-2021 1/8 finalidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Persepolis" bahsi 14 sentyabr kuni Dushanbedagi "Respublika Markaziy stadioni"da bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: pfl.uz