Niderlaniya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi: "Sportda omadga ishonmayman"

Оқил Абдубарноев
15 sen 2024
Niderlandiya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Andres Moreno JCH-2024 1-turida O'zbekistonga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jamoamizni qahramonlar deya atashim mumkin, sababi, shogirdlarim nimalarga qodir ekanligimizni va kuchli jamoaga qarshi kurashishdan qo'rmasligini namoyish eta olishdi.

O'ylashimcha, biz juda yaxshi o'ynadik. Raqib mudofaasini buzish bilan bir qatorda himoyalanishni ham uddaladik. O'zbekiston ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Yigitlar bazi ko'rsatmalarni maromiga etkazdi. Ammo o'rganishimiz va to'g'rilashimiz kerak bo'lgan kamchiliklar bor.

Men sportda omadga ishonmayman. Agar nimagadir erishishni xohlasangiz, ko'proq harakat qilishingiz kerak. Menimcha, ikki jamoa ham teng o'yin namoyish etdi. Bazida bizda, bazida raqib jamoada imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq buni omadga bog'lamagan bo'lardim. 

Biz kiyinish xonasidayoq Kosta-Rika haqida o'ylashni boshlab yuborganmiz", dedi ispaniyalik mutaxassis.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia