"Neom" "Monako" futbolchisini xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
30 iyul 2025
"Monako" yarim himoyachisi Saymon Buabre faoliyatini "Neom"da davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, tomonlar transfer summasi bo'yicha kelishib olgan, bu taxminan 12 million evroni tashkil qiladi. Qaror 19 yoshli futbolchining o'zida qoladi, u hozirda Saudiya Arabistoni klubi bilan shaxsiy shartlarni muhokama qilmoqda.

Buabre o'tgan mavsum barcha turnirlarda 11 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano