

Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.
"Navbahor" safiga Katulondi Kati qo'shildi. Balki bugun "Dinamo" Tbilisi bilan bahsda maydonga tushishi mumkin", – deyiladi xabarda.
26 yoshli futbolchi bungacha Marokashning "Hassaniya Agadir" jamoasi sharafini himoya qilib kelgan hamda 84 o'yinda 17 ta gol urgan va 10 ta golga assistentlik qilgan.



