"Nasaf" Umar Eshmurodov bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
26 yanv 2022
"Nasaf" klubi jamoa sardori Umarbek Eshmurodov bilan shartnomani uzaytirdi.

Umarbek Eshmurodov "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Umarbek Eshmurodov 2017 yildan buyon "ajdarlar" sharafini himoya qiladi. Futbolchi "Nasaf" bilan ikki marta kumush medallarini va bir marta O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritgan.

"Yangi mavsumdagi hamkorlik Umarbek va jamoamiz uchun samarali bo'ladi degan umiddamiz", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати