"Nasaf" bu yil chempion bo'ladi. Buni raqamlar aytib turibdi

Narzulla Saydullayev
26 avg 2024, 12:19
Kecha Superliganing 17-turida Qarshining "Nasaf" klubi "Andijon"ni 3:0 hisobida taslim qildi.

"Ajdarlar" o'z ochkolarini 38taga etkazib, peshqadamlikni yanada mustahkamlab olishdi.

Qizig'i 2023 yilgi mavsumda chempion bo'lgan "Paxtakor" ham 17 ta o'yindan keyin 38 ochkoga ega bo'lgandi. Qolgan 9 ta uchrashuvda "sherlar" 27 ochkodan 15 tasini qo'lga kiritib, yakunda chempion bo'lishgandi.

Sizningcha, "Nasaf" bu imkoniyatdan foydalana oladimi?


2023 yil 17 ta o'yindan keyin "Paxtakor" - 38 ochko (chempion)





2024 yil 17 ta o'yindan keyin "Nasaf" - 38 ochko (???)




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia