

Uchrashuv taqdirini yagona gol hal qildi. Hujumchi Bobir Abdixoliqov 17-daqiqada gol urib, jamoasi g'alabasini taminladi.
"Nasaf" – "Arsenal" Tula 1:0
Gol: Bobir Abdixoliqov 17'
"Nasaf": Abduvohid Ne'matov, G'olib G'aybullaev (Dilshod Murtozaev), Murod Rahmatov (Bahodir Halilov), Adenis Shala (Davron Usmonov), Bobir Abdixoliqov (Akram Komilov), Sharof Muhitdinov (Yusuf Otubanjo), Oybek Rustamov, Yashnar Berdirahmonov (Kingsli Sokari), Quvonch Xushvaqtov, Diyor Abdunazarov, Umar Eshmurodov.
Zaxira: Asilbek No'monov, Mashhur Abdisoliev, Asadbek Ramilov, Javohir Ubaydullaev, Zafar Sadullaev, Behro'z Haydarov.

Shu tariqa, "Nasaf" Turkiyadagi yig'inni yakunladi. Jamoa 8 ta o'yin o'tkazdi va ertaga O'zbekistonga qaytadi. Berdiev boshchiligidagi "ajdarlar" 9 fevral kuni Elit OCHL doirasida Iroqning "Al Shorta" jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida o'tkaziladi.



