"Napoli" prezidenti Osimxen sotilishiga shama qildi

Aziz Tukhtamuradov
20 okt 2023, 09:14
"Napoli" prezidenti Aurelio de Laurentis 2024 yilning yozida klub futbolchisi Viktor Osimxen sotilishiga shama qildi.

"Biz avgust oyidagi yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldik. Keyin esa u tomondan nimadir o'zgarsa... hayot davom etadi. 

Viktorning shartnomasi 2025 yilning iyunida yakunlanadi. Yodingizdami, men Kalidu Kulibalini shartnomasi tugashiga bir yil qolganida "Chelsi"ga sotgan edim", - dedi De Laurentis. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano