

"Men har doim jamoa o'yinlarini tomosha qilaman, ayniqsa, bugunki kunda, sababi klubda Krishtianu bor. Albatta, u haqidagi yangiliklarni kuzatganimda va uning "Yuventus"dagi holatini anglaganimda, Ronalduning qaytishi uchun bundan yaxshiroq joy yo'qligini his qilgandim. Uning Turindan kyetishi mumkinligini, shu bois Ronalduning qaytishi meni ajablantirmadi", - dedi Nani.
Eslatib o'tamiz, Nani 2007 yildan 2014 yilgacha "Manchester Yunayted"da to'p surgan. 34 yoshli futbolchi joriy mavsum "Orlando" safida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi.



