

5 iyul kuni Fransiyaning PSJ klubiga qarshi o'yinda (0:2) parijliklar darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to'qnashuv natijasida Musialaning oyog'i singan edi.
Musialaning operaciyasi muvaffaqiyatli o'tdi. Bugundan yarim himoyachi tiklanish jarayonini boshlaydi. Futbolchi maydonga qaytishi uchun kamida 5 oy kerakligi ma'lum qilingan.



