Musa "Milan"ni "Atalanta"ga almashtirdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2025
"Milan" yarim himoyachisi Yunus Musa "Atalanta"ga o'tdi.

Bergamoliklar uni sotib olish huquqi bilan bir mavsumga ijaraga oldi.

Musa 2023 yilda "Valensiya"dan "Milan"ga taxminan 20 million evro evaziga ko'chib o'tgan va 2028 yilgacha shartnoma imzolagandi. 

Yarim himoyachi shu paytga qadar A Seriyada 60 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golli pas uzatgan.

Ahamiyatlisi, 2025 yilda u Italiya Superkubogini qo'lga kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atalanta.it