

Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, "Tottenxem" ekvadorlik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, potencial transfer London klubidagi kadrlar o'zgarishi bilan bevosita bog'liq. Ilgari Estupinyan bilan "Brayton"da birga ishlagan Roberto De Zerbi bosh murabbiy lavozimiga davogarlardan biri hisoblanadi. Italiyalik murabbiy himoyachining qobiliyatlarini yaxshi biladi va uni tarkibni kuchaytiradigan futbolchi sifatida ko'radi.

Estupinyan joriy mavsum barcha musobaqalarda 19 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
"Tottenxem" 31 turdan keyin 30 ochko to'plab, liga jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi va ingliz futboli elitasida qolish uchun kurashni davom ettirmoqda.



