Murikui – 2013 yilning eng yaxshi legioner futbolchisi!

Narzulla Saydullayev
26 noya 2013, 17:52
Bu yilgi OCHLda eng ko'p gol urgan braziliyalik futbolchi Murikui (Luiz Gilerme da Konseysao Silva) OFK tomonidan “Yilning eng yaxshi legioner futbolchisi” deb topildi.
Xitoyning “Guangju Evergrand” jamoasi a'zosi joriy mavsum OCHLda zafar quchish bilan birga mazkur musobaqada 13ta to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. U eng yaxshi legioner bo'lish uchun kurashda Deyan Damyanovich (“Seul”) bilan jamoadoshi Dario Konkani ortda qoldirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia