

Italiya terma jamoasi saralashning hal qiluvchi bahsida Bosniya va Gertsegovinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib (1:1, pen. 1:4), ketma-ket uchinchi bor Jahon chempionatidan tashqarida qoldi.
"Italiya uchinchi bor mundialga bora olmayapti. Gattuzodek buyuk sardor va "adzurri"ning shijoatiga qaramay, natija shunday bo'ldi. Biz dunyoning eng muhim turnirini 16 yil davomida o'tkazib yuboramiz. Bu misli ko'rilmagan milliy sharmandalik! Butun futbol tizimini tubdan o'zgartirish kerak. Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) rahbariyati zarracha ori bo'lsa, iste'foga chiqishi lozim", - deb yozadi Ronculli.
Shuningdek, senator federatsiya rahbari Gabriele Gravinaga alohida murojaat qildi: "Gravina, bunday halokatdan keyin sizga faqat bir yo'l qoldi - zudlik bilan iste'fo berish! Bas, etar! Italiya futboli bundan yaxshirog'iga loyiq".
Eslatib o'tamiz, to'rt karra jahon chempionlari so'nggi bor 2014 yilda Jahon chempionatida ishtirok etishgan. Shundan beri Italiya terma jamoasi yirik turnirlar saralashida muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda.



