Mile Svilar Kasilyasning 18 yil saqlanib turgan rekordini yangiladi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017, 00:21
Benfika posboni Mile Svilar YCHL doirasida Manchester Yunaytedga qarshi bahsda maydonga tushdi.

Shu tariqa, Svilar 18 yil davomida saqlanib turgan rekordni yangiladi. U YCHLda maydonga tushgan eng yosh darvozabonga aylandi. Svilar bugun 18 yoshu 52 kunlik.

Undan oldingi rekordchi hozircha Portuda o'ynayotgan Iker Kasilyas edi. Ispaniyalik posbon 1999 yilda Real safida Olimpiakosga qarshi bahsda 18 yosh 118 kunligida maydonga tushgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive