"Roma" asosiy tarkibda hali o'ynamagan "Benfika" darvozabonini sotib oladi

Оқил Абдубарноев
28 mar 2022, 00:36
"Benfika" darvozaboni Mile Svilar faoliyatini "Roma"da davom ettiradi.

22 yoshli darvozabon Italiya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Svilar joriy mavsumda “Benfika” tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi. Portugaliya klubining ikkinchi tarkibida 13 o'yinda bor-yo'g'i 3 ta gol o'tkazib yuborgan.

Qayd etilishicha, darvozabon bilan shaxsan “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyo qiziqqan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Walfoot.be