"Milan" va "Inter" "San Siro"ni buzadi

Sherzod Nurmatov
30 sen 2025
"Milan" va "Inter" o'zlarining uy stadioni "San Siro"ni buzish ehtimoli yuqori.

Milan shahar kengashi avvalroq o'z uy uchrashuvlarini u yerda o'tkazadigan har ikki klubga stadionni sotishga qaror qilgandi.

Jurnalist Tankredi Palmerining ma'lum qilishicha, "Milan" va "Inter" shubhali aktivni yo'q qilishga va uning o'rniga 2032 yilgi Yevropa chempionati uchun yangi stadion qurishga kelishib olgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Milan shahar mamuriyati yangi stadion qurishni ko'rib chiqqandi, biroq bu shahar hisobidan bo'lishini aytgandi. 

Besh turdan so'ng "Milan" 12 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Inter" esa 3 ochko ortda qolib, beshinchi o'rinda ketyapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Il Messaggero