"Milan" Tonali uchun qancha taklif qildi?

31 avg 2020, 00:23
"Milan" rahbariyati "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonalini xarid qilmoqchi.

"Rossonerilar" 20 yoshli italiyalik futbolchining ijarasi uchun 10 mln evro taklif qilgan. Shartnomada Tonalini 20 mln evroevaziga xarid qilish to'g'risidagi band ham kiritilgan. Shuningdek, "Breshiya"ga Sandroning kelajakdagi transferilaridan tushgan mablag'ning ma'lum foizi taklif qilinadi. Bu haqida jurnalist Fabricio Romano xabar berdi.


Manba: La Gazzetta dello Sport