"Milan" o'z tarixida ilk bor serbiyalik futbolchi xaridiga qo'l urdi

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2022, 20:09
"Crvena Zvezda"ning 18 yoshli hujumchisi Marko Lazetich "Milan" a'zosiga aylandi.

Serbiyalik forvard klub bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi. U 22-raqam ostida to'p tepadi.

Kelishuv 4 mln evro+bonuslar sifatida yana 1 mln evroga amalga oshgani aytilmoqda.

Ma'lumot o'rnida aytish joiz, Lazetich "Milan" tarixidagi birinchi serb bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: acmilan.com