Messining "Inter Mayami"dagi kelajagi ma'lum

Sherzod Nurmatov
19 sen 2025, 11:53
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi klub bilan shartnomasini uzaytiradi, deb xabar berdi ESPN.

Manbaga ko'ra, tomonlar yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Ular faqat bir nechta rasmiyatchiliklar ishlarini yakunlashi kerak. Tez orada yangi shartnoma imzolanadi.

Messi 2023 yildan buyon Amerika klubida to'p tepadi. 38 yoshli futbolchi shu kungacha "Inter Mayami" safida 75 o'yin o'tkazib, 62 ta gol urgan va 30 ta golga assistentlik qilgan.

Argentinalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi shu yilning oxirigacha amal qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN