Mbappedan so'ng uch karra YCHL sohibi ham PSJdan kyetishini e'lon qildi

Alisher
12 may 2024, 11:38
Keylor Navas kelasi mavsum PSJda o'ynamaydi.

Darvozabon erkin agent maqomida jamoadan kyetishini e'lon qildi.

"Park de Prens"da o'tgan har bir soniya sehrli edi", – deb yozdi 37 yoshli futbolchi va unda hali "yetishishi kerak bo'lgan marralar borligi"ni qayd etdi.

Navas 2019 yildan beri PSJga tegishli. U 2023 yil ijara asosida "Nottingem Forest"da o'ynagan.

Darvozabon joriy mavsum Liga 1'ning uch o'yinida harakat qildi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/keylornavas1