Maykl Ouen: "Moliyaviy feyr-pley doimo katta klublarning ortini yopib keladi"

Mirjalol Normatov
19 noya 2023, 10:45
Sobiq futbolchi Maykl Ouen "Everton"ning ochkolari olib qo'yilgani haqidagi xabarga izox bildirdi.

"Everton" ochkolari olib qo'yilishiga loyiqmidi yoki yo'q, bu juda bahsli savol. Biroq menga moliyaviy feyr-pley umuman yoqmagan. Klublarning kelajagini himoya qilish uchun boshqacharoq uslub yo'qmidi? MFP doimo katta klublarning ortini yopib kelgan, shu sababli ular bilan raqobatlashib bo'lmaydi", - deb yozadi Ouen.

Eslatib o'tamiz, moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun 17 noyabr kuni "Everton"dan 10 ochko olib tashlandi. Shu orqali "iris"lar 19-o'ringa tushib qoldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia