Matteus: "Musialaning narxi 250 million evro"

Mirjalol Normatov
13 noya 2022
"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Lotar Matteus jamoa futbolchisi Jamol Musialani baholadi.

"Bu shunchaki ajoyib! Musiala xuddi Messi kabi futbol o'ynamoqda. Bu Gollivudga o'xshaydi. U "Bavariya"da qolishi va doim shu yerda o'ynashi kerak. Uning narxi 250 million evro. "Bavariya" bunday futbolchini har qanday holatda ham sotib yubormasligi kerak", - dedi germaniyalik.

19 yoshli futbolchi ushbu mavsum Bundesliganing 14 o'yinida 9 gol va 6 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild