Mart oyida iste'foga chiqarilgan murabbiy "Real" elchisiga aylandi

12 noya 2019, 21:45
"Real" sobiq bosh murabbiyi Santyago Solari klubga qaytdi.

Xabarlarga qaraganda, u "Real" elchisiga aylandi. Solari Madriddagi Yevropa universiteti qoshida tashkil topgan "Real" maktabi o'quv yilining ochilish marosimida qatnashdi. 

"Kamtarlik, o'zingni bag'ishlashga tayyor turish va hamjihatlik sport qadriyatlarining kaliti hisoblanadi. Ushbu qadriyatlar "Real" qonida ham bor", – deya qaydi etdi Solari.

Eslatib o'tamiz, ispaniyalik mutaxassis shu yili mart oyida madridliklarning bosh murabbiylik kursisidan ozod etilgandi.


Manba: cadenaser.com