Marselo Beylga golf tayog'ini sovg'a qildi, Vinisiusga esa...

"Real"ning braziliyalik himoyachisi Marselo jamoa a'zolari uchun uyushtirilgan ziyofatda g'alati ishga qo'l urdi.

Bu haqida Marca nashri ma'lum qildi. Himoyachi jamoadoshi Garet Beylga golf o'ynash uchun maxsus tayoq sovg'a qildi. Uelslik futbolchi bundan hayratga tushdi, ammo sovg'ani ijobiy qabul qildi.

Luka Yovichga ispan tili lug'ati sovg'a qilingan. Chunki serb futbolchisi jamoadoshlari bilan suhbat jarayonida muammolarga duch kelmoqda.

Shuningdek, Marselo jamoadoshlari Braim Dias va Vinisius Juniorlarni bolalar o'yinchoqlari bilan siylagan.



Manba: Marca