Marokash TJ ustozi: “O'zimni ahmoqdek his qilyapman”

Eldor Akmurzayev
17 dek 2022
Marokashliklar bosh murabbiyi Volid Regragi JCH-2022 bronza medali uchun Xorvatiyaga qarshi bugungi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Yolg'on gapirish ahmoqlik bo'lardi: bu o'yin oldidan xayajondaman. O'ylashimcha, bizga ham, raqiblarga ham o'ynash qiyin bo'ladi, chunki, ikkala jamoa ham yarim finalda mag'lub bo'lgan holda bir-biriga qarshi to'qnash kelmoqda. Bronza medali uchun bahsda o'ynayotganimiz uchun o'zimni ahmoqdek his qilyapman. Finalga chiqa olmadik, ammo 2-o'rindan joy olganimizda ham, men xuddi shu so'zni aytardim”, deydi Regragi.



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: RMC Sport