

Eslatib o'tamiz, mazkur jamoalar o'rtasidagi dastlabki bahs bugun, 7 aprel kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.
"Albatta, "Real" tarkibida menga unchalik yoqmaydigan bir qancha futbolchilar bor. Vinisius Junior - uning o'yinini kuzatar ekanman, qanchalik iqtidorli ekanligini ko'raman. Lekin keyin u har bir harakatda 14 martalab yerda ag'darilib yotadi. Bu menga yoqmaydi", - dedi Babbel "Sky90" ko'rsatuvi efirida.
Braziliyalik yulduzning maydondagi bunday harakatlari so'nggi paytlarda nafaqat raqiblar, balki ko'plab sobiq futbolchilarning ham etiroziga sabab bo'lmoqda. Bugungi o'yinda Vinisius o'zini qanday tutishi ko'pchilikning diqqat markazida bo'lishi aniq.



