Maradona endi Tojikistonda o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
16 yanv 2026
Bungacha Qirg'izistonning "OshMU" jamoasida harakat qilib kelgan o'zbekistonlik yarim himoyachi Maradona Safarov faoliyatini Tojikistonda davom ettiradi.

Goal.tj ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi Tojikiston Oliy ligasi vakili "Istaravshan" a'zosiga aylangan va mavsus so'ngiga qadar mazkur jamoa sharafini himoya qiladi.

Ma'lumot o'rnida, Safarov bungacha "Mashal", "Sho'rtan" va "Zomin" jamoalarida o'ynagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.tj