"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
5 apr 2024, 13:20
"Qizil iblislar" rahbariyati Maks Kilmenni jamoada ko'rmoqchi.

"Manchester Yunayted" "Vulverxempton" himoyachisi Maks Kilmenga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi "The Times".



Xabar qilinishicha, "qizil iblislar" yozda markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda va klub rahbariyati 26 yoshli Kilmenni jamoada ko'rishni istamoqda. "Vulverxempton" esa o'z himoyachisini qo'yib yuborish niyatida emas.

Maks Kilmen ushbu mavsum "Vulverxempton" safida 36 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times