"Manchester Yunayted" afsonasi Irlandiya bosh murabbiyi bo'ldi

Khoja
29 fev 2024, 09:34
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Jon O'Shi Irlandiya milliy jamoasida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Murabbiy jamoani mart oyida Evro-2024 saralash uchrashuvlariga tayyorlaydi.

Ma'lumot uchun, Irlandiya Evro-2024 saralash bosqichi V guruhida Fransiya (22 ochko), Niderlandiya (18) va Gretsiyadan (13) ortda qolgan holda 6 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi. Irlandlar 23 mart kuni Vengriyaga qarshi maydonga tushsa, 10-turda Portugaliyada mehmon bo'ladi. Jamoa turnirga yo'llanma olish imkoniyatini yo'qotgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com