

Shotlandiyalik futbolchi X ijtimoiy tarmog'ida o'zida kam uchraydigan va og'ir kasallik - Ramsey Xant sindromi aniqlanganini bildirdi:
"Qisqacha yangilik: menga ko'p xabarlar kelyapti, chunki ma'lumot tarqalib ketdi. 9 kun oldin menga tashxis qo'yildi - Ramsey Xant sindromi falaji. Bu virus sabab miyadagi bosh suyagi nervining shikastlanishidir.
Tiklanish 6-8 hafta davom etishi mumkin, balki 1 yildan ham ko'proqqa cho'zilar. Ammo to'liq sog'ayish ehtimoli 70%. Men buni engaman. Bugun to'qqizinchi kun - ehtimol, eng og'iri. Faqat holatim haqida yangilik berishni istadim - har ikki haftada bir marta aloqaga chiqib, ahvolimni aytib boraman. Tinglaganingiz uchun rahmat".
Tezroq sog'ayib kyetish tilaklariga "Manchester Siti" ham qo'shilib, unga har bir qadamda yordam berishini ma'lum qildi.



