Manba: Klopp "Real" yoki Germaniya terma jamoasini boshqarishga tayyor

Sherzod Nurmatov
15 yanv 2026
Germaniyalik murabbiy Yurgen Klopp "Real"ni boshqarish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Bu haqda insayder Florian Plettenberg ma'lum qildi.

Manbaning qayd etishicha, Klopp har doim madridliklar bilan ishlash istiqboliga ijobiy munosabatda bo'lgan. Shuningdek, u Germaniya milliy terma jamoasidan taklif tushsa, murabbiylik faoliyatiga qayta kirishga ham tayyor ekani aytilmoqda.

"Real" 12 yanvar kuni Xabi Alonsoning klubni tark etganini e'lon qilgandi. Alvaro Arbeloa "qirollik klubi"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Klopp ilgari "Maync", "Borussiya" Dortmund va "Liverpul" jamoalarida ishlagan. U "Liverpul"ni 2023/24 yilgi mavsum oxirida tark etgan. 2025 yilning yanvar oyida esa "Red Bull" sport bo'limida xalqaro aloqalar bo'yicha direktor lavozimini egallagan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun