Bundestimda Klopp davri boshlanadimi?

Sherzod Nurmatov
12 mar 2026
Germaniyalik sobiq murabbiy Yurgen Klopp JCH-2026'dan Germaniya terma jamoasi boshqaruviga kelishi mumkin.

Bu haqda "Bild" xabar bermoqda.

Hozir milliy jamoani Yulian Nagelsmann boshqaryapti, biroq uning kelajakdagi ishi bo'lajak mundialda termaning natijalariga bog'liq bo'ladi. Nemis futboli rahbariyati 2018 va 2022 yilgi turnirlardagi muvaffaqiyatsizliklardan keyin jiddiy natija kutmoqda, o'sha musobaqalarda jamoa guruhdan ham chiqa olmagandi.

Ayni paytda Klopp "Red Bull" kompaniyasida global futbol yo'nalishi rahbari lavozimida ishlaydi. Avvalroq OAVda mutaxassisga Madridning "Real"i qiziqish bildirgani haqida ham ma'lumotlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild