Manba: "Barselona" futbolchisi "Milan"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022, 13:18
"Milan" "Barselona" futbolchisi Serjino Destni o'z safiga qo'shib oldi.

Buni taniqli insayder Fabrico Romano o'zining Twitter sahifasida ma'lum qildi. 

Klub futbolchini ijaraga oldi. Agarda "Milan" istagan taqdirda keyingi mavsumda Destni 20 million evroga sotib olishi va 2027 yilga qadar shartnoma imzolashi mumkin. 

U chorshanba kuni tongda shartnoma imzolash uchun Milanga yetib keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano