

Mehmonlar safida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 61-daqiqada almashtirildi. Hujumchi Igor Sergeev bahsda to'liq harakat qildi. O'yin taqdirini 11-daqiqada mezbonlar o'yinchisi Muhammad Javad Muhammadi tomonidan urilgan gol hal qildi.
"Persepolis" Eron chempionatida 20-turdan so'ng 34 ochko jamg'argan holda to'rtinchi o'rinda, "Malavan" esa 28 ochko bilan ettinchi o'rinda bormoqda.





