Erondagilar FIFA bayonotiga munosabat bildirdi

Eron futbol federatsiyasi vice-prezidenti Mexdi Moxammad Nabi FIFA prezidenti Janni Infantinoning Eron terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishi haqidagi so'zlariga javob qaytardi.

"Biz uchun eng muhimi - FIFA qoidalari va reglamentlari. Biz FIFAning har qanday qarorini hurmat qilamiz. Har bir mezbon davlat FIFA oldida o'z majburiyatlarini olgan va ularni bajarishi shart", - Mexdi Moxammad Nabi.

Avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mexdi Tadj tashkilot 2026 yilgi jahon chempionatidagi Eron o'yinlarini AQSHdan Meksikaga ko'chirish bo'yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qilgan edi.

Bundan oldin Eronda geosiyosiy vaziyatni hisobga olib, milliy jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechish ehtimoli haqida aytilgandi.


Manba: