Eron hukumati Azmunning mol-mulkini musodara qilishni boshladi

Eron hukumati Yaqin Sharq urushida AQSH va Isroilni qo'llab-quvvatlagani uchun Serdar Azmunning mulkini musodara qilmoqda.

Bu haqda "Fars" agentligi xabar berdi. Azmun Guliston provinciyasi prokuraturasi tomonidan mulki musodara qilinadigan 16 kishi qatoriga kirdi.

Avvalroq futbolchi BAA yetakchisi bilan suratga tushgani uchun milliy terma jamoadan chetlatilgandi. Eronda bu surat dushmanni qo'llab-quvvatlash sifatida ko'rilgan va sportchi davlatga xiyonat qilishda ayblangan.


Manba: Fars