"Lokomotiv" U-14 Turkiyadagi xalqaro turnirda chempion bo'ldi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2025, 16:10
Turkiyaning Antaliya shahrida 30 oktyabr – 3 noyabr kunlari International Youth Cup xalqaro turniri o'tkazildi. Turnir LLF hamda JUNIORPROLIG tomonidan tashkil qilindi.

Ushbu musobaqada ishtirok etgan "Loko" futbol maktabining 2011 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari yakunda chempionlikni qo'lga kiritishdi.

Sunnat Ro'ziev boshqaruvidagi "Lokomotiv" U-14 finalda Qozog'istonning "Lokomotiv" jamoasidan ustun keldi. Natijalar quyidagicha bo'ldi:

"Lokomotiv" - "Anadolu Balkan" (Ozarbayjon) 6:0

"Lokomotiv" - "Kemer Akademiya" (Turkiya) 2:1

"Lokomotiv" - "Lokomotiv" (Qozog'iston) 3:1

"Lokomotiv" - "Kechrengu Anqara" (Turkiya) 2:1

Final. "Lokomotiv" - "Lokomotiv" (Qozog'iston) 2:1

Turnir yakuniga ko'ra, "Loko" U-14 tarbiyalanuvchisi Jo'raev Ulug'bek musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати